Men elimning yuragida yashayman...

Hamid Olimjon 1909 yil Jizzax shahrida dunyoga kelgan. Shoir boshlangʻich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida, soʻng pedakademiyada oʻqidi. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Samarqanddagi bilim yurtida (1923-28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida oʻqigan (1928—31). Dastlabki asarlari — «Koʻklam» (sheʼrlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «Oʻlim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «Sheʼrlar» (1937), «  Oʻlka», «Oygul va Baxtiyor» (1939), «Baxt» (1940), «Koʻlingga kurol ol!», «Ona va oʻgʻil» (1942), «Ishonch» (1943) sheʼriy toʻplamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan. N. Ostrovskiyning «Poʻlat qanday toblandi» romanini hamda A. Pushkin, L.Tolstoy, V. Mayakovskiy, T.Shevchenko va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 

Shoir 1944 yil 3 iyul kuni avtohalokat oqibatida vafot etgan. Uning sheʼrlari, soʻzlari hamon xalqimiz bilan birga yashamoqda.  

Xalqqa ayting, men aslo oʻlganim yoʻq,   

Yov qoʻliga taslim ham boʻlganim yoʻq.  

Men elimning yuragida yashayman,   

Erk deganning tilagida yashayman!