Fargʻona viloyatida “Adabiyot bayrami” oʻtkazildi. Quvonarlisi shundaki, koʻtarinki ruhda tashkil etilgan tadbirlarda adabiyot va ijodga mehri baland ichki ishlar organlari xodimlari ham ishtirok etdi.
Shu kunlari Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida Zavqiy tavalludining 170 yilligi, Husayin Shams tavalludining 120 yilligi, Amin Umariy tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan xotira kechalari, taniqli ijodkor Kommuna Olimova tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Tadbir soʻnggida Qoʻqon shahar IIB xodimlari ustoz ijodkor Kommuna Olimovaga sovgʻalar taqdim etishdi.
Adabiyot bayrami doirasida Qoʻqon shahar musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnaga olib chiqilgan “Zavqiy” spektakli ham yurt posbonlariga juda manzur boʻldi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
