«Maʼnaviyat oyligi» doirasida Adiblar xiyobonida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Chilonzor tumani IIOFMB xodimlari, faxriylar va IIV 1-sonli Akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari xiyobondagi Toshkent tarixi muzeyida ham boʻlishib, u yerdagi eksponatlar bilan tanishishdi. Tadbir soʻngida kitobxon tadbiri tashkil etilib, zukko xodim hamda oʻquvchilar kitoblar bilan taqdirlandi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
