Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan IIV Navoiy akademik litseyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, IIB MMI va KBTX masʼul xodimlari, faxriylar, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari ishtirok etishdi. Maʼnaviy-maʼrifiy kechada oʻquvchilar Boburning Vatan sogʻinchiga yoʻgʻrilgan gʻazal va ruboiylaridan oʻqishdi, uning hayoti va faoliyati aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish qilishdi. Soʻng ushbu sana munosabati bilan oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib chiqqan oʻquvchilar faxriy yorliq va kitoblar toʻplamlari bilan taqdirlandi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
