IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalyonida “Taraqqiyot strategiyasi – demokratik islohotlar asosi” mavzuida maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

Suningdek, shu kuni shoir, dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan soir hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir ham boʻlib oʻtdi. Unda harbiy qismga taklif etilgan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari va soha mutaxassislari yigʻilganlarga Usmon Nosir haqida batafsil maʼlumot berib oʻtishdi. Uning oʻzbek adabiyotiga kirib kelishi, tutgan oʻrni, erishgan yutuqlari toʻgʻrisida toʻxtalib, Vatan, muhabbat toʻgʻrisidagi qaynoq sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi.