* Hayot shu qadar uzunki, juda koʻp xatoga yoʻl qoʻyish mumkin. Hayot shu qadar qisqaki, ularni toʻgʻirlashga vaqt yetmay qolishi mumkin.

* Inson boshqalarning taqdirini oʻqishni bas qilib, oʻz taqdirining yozuvchisi boʻlishi kerak.

* Munosabatlar – kema kabi. Kichik toʻfonga dosh bera olmasa, u bilan ochiq ummonga chiqmagan maʼqul.

* Irodasi zaif odam – oʻch oladi, kuchli odam – afv etadi, aqlli odam – eʼtibor qilmaydi.

* Yillar oʻtib, qariyotganingizdan afsus qilmang, kimlargadir bu ham nasib qilmagan.

* Oltindan yasalgan egar eshakni otga aylantira olmaganidek, maftunkor koʻrinish va qimmatbaho libos ham insonga olijanob ulugʻvorlik baxsh eta olmaydi.

* Eng muhimi – qalbda tartib oʻrnatish. Uch narsadan: nolish, ayblash va oʻzimizni oqlashdan voz kechish juda muhim.

* Kimdandir qasd olish yoki atrofdagilarga nimanidir isbotlash istagi boʻlmasa, bilginki, bu baxt alomatidir.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.