Mamlakatimiznig Asosiy Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-harbiy qism rahbariyati tomonidan qator bayram tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan navbatdagisi yaqinda poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etildi.
“Konstitusiya – baxtimiz poydevori” deya nomlangan mazkur tadbirda soʻzga chiqqan harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Obid Musaev jamiyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, yurtimiz aholisining farovonligini taʼminlashda Bosh Qomusimizning nechogʻli muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlash bilan birga, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob qaytardi.
Yuksak vatanparvarlik ruhida oʻtgan tadbir yakunida oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishda jonbozlik, fidoyilik koʻrsatib kelayotgan bir guruh ustozlar harbiy qism qoʻmondonligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
