Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

   Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari, ichki ishlar organlari faxriylari, taklif etilgan mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.    Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov bayram tadbirini ochiq deb eʼlon qilgach, Davlatimiz madhiyasi yangradi.

   Vazir xalqimizning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash yoʻlida xizmat qilib kelayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda tizim faxriylarini mazkur shonli sana bilan samimiy qutladi.    Soha xodimlari mamlakatimizda huquq-tartibotni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning bilim saviyasini oshirish,   maʼnaviyatini yuksaltirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi.

   Tadbirda Prezidentimiz farmoni hamda Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga binoan taqdirlangan osoyishtalik posbonlariga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.