Buxoro viloyati IIB va uning hududiy organlarida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlar, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi. Sozga chiqqan viloyat hokimi B.Zaripov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toxtaldi. Shundan song viloyat IIB boshligi, polkovnik M.Miralimov Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oqib eshittirdi.
Tadbir davomida bayram munosabati bilan IIV, viloyat hokimi, prokuratura va Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tashakkurnomalari va esdalik sovgalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, oz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda viloyatimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga koʻkrak nishonlari, qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Sanʼat namoyondalari tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
