Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab, IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahrida joylashgan 7533-harbiy qismda ham ona yurtimiz osoyishtalik posbonlari ishtirokida kitobxonlik kechalari, tarixiy va muqaddas qadamjolarga sayohat, ochiq eshiklar kuni kabi koʻplab tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda ham osoyishtalik posbonlari bilan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Unda qatnashgan jamoalar berilgan savollarga oʻz bilim va salohiyatidan kelib chiqqan holda mantiqiy yondashib, nimalarga qodir ekanliklarini barchaga namoyish etishdi.

Shunday qilib, mazmunli va qiziqarli oʻtgan ushbu bellashuvlar yakuniga koʻra, 3-batalyon harbiylaridan iborat bilimdonlar jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi.

Gʻolib va sovrindorlar harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.