Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati Quva tumani IIB shaxsiy tarkibi oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda turli sohaviy xizmat xodimlaridan tashkil topgan “Yangi Oʻzbekiston” va profilaktika inspektorlaridan tashkil topgan “HPB” jamoalari ishtirok etdi. Ular “tanishtiruv”, “zakovat”, “erkin mavzu”, “kasbiy bilimlar yuzasidan tezkor savol-javob” kabi shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Quva tumani IIB boshligʻining 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ikkila jamoadan ham eng faol ishtirok etgan ishtirokchilar eʼtirof etilib, ragʻbatlantirildi.

Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan barcha bilimdon xodimlar Quva tumani hokimligi tomonidan bayram sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Farhodjon ERGAShEV,

podpolkovnik.

Fargʻona viloyati.