IIV Buxoro akademik litseyining 1-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq bilimdoni” viktorinasi oʻtkazildi. Viktorinada oʻquvchilar uchta shart boʻyicha, yaʼni savol-javob, huquqiy atamalarning mazmuni va huquqiy iqtibosli soʻzlarning muallifini aniqlash yuzasidan oʻzaro bellashdi.
Bellashuv natijalariga koʻra, viktorina gʻoliblariga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
I.SAMANDAROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
