Shahrisabz shahrida “Temur tuzuklari” bilimdoni” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda xodimlarning buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur tuzuklari” memorial asari haqidagi bilimlari tezkor savol-javoblar asosida sinaldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni Yakkabogʻ tumani IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Husan Soatov egalladi. Keyingi sovrinli oʻrinlarni viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik Faxriddin Sharifov va Shahrisabz shahar IIB HPB profilaktika inspektori, kapitan Bobur Nosirov qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar viloyat IIBning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Muzaffar BASHIROV,

katta leytenant.

Qashqadaryo viloyati.