Yurtimizda bayramlar arafasida eʼtiborga muhtoj insonlarga mehru oqibat koʻrsatish yaxshi anʼanaga aylangan. Yangi Namangan tumani IIB xodimlari ham xayrli ishga qoʻl urishdi. Ular Yangi Namangan tumanida joylashgan 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etishdi.

Tadbirda tashkilotchilar bolalarni bayram bilan qutlar ekan, ular xalqimizning, Yurtboshimizning hamisha diqqat markazida va gʻamxoʻrliklari ostida ekanliklarini alohida taʼkidlashdi. Bunga javoban esa yaxshi oʻqishlari, bilimlarni puxta egallashlari va kelajakda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan yetuk inson boʻlib voyaga yetishlari lozimligi aytildi.

Tadbirda bolajonlar uchun bayram dasturxoni tuzaldi. Ularga oʻquv qurollari sovgʻa qilindi.

Feruza OTAXONOVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.