Kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva 1986 yil 22 noyabr Toshkent shahrida tavallud topgan.
2003-2007 yillar Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutida tahsil olgan.
2004 yildan buyon Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmokda.
2012 yil «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.
D. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi. U «Koʻrgim keladi», «Sensiz», «Baxt uyi», «Kechikkan hayot», «Er bermoq, jon bermoq», «Farzandim», «Hijron», «Oʻgʻrigina kelin», «Telba», «Jazo», «Kelgindi kelin» va boshqa koʻplab filmlarda oʻynagan rollari bilan tomoshabinlarning eʼtiboriga tushdi.
Dilnoza Kubayeva teatr sahnasida namoyish etilgan spektakllarda ham oʻnlab turli xarakterdagi katta-kichik rollarni yaratdi. U nihoyatda isteʼdodli aktrisa boʻlib, insoniy fazilatlari bilan ham muxlislarning mehrini qozongan. Jamoat ishlarida ham faol qatnashgani bois jamoada oʻz oʻrniga egaligini alohida taʼkidlash lozim.
