Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻafurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi.

1956-1961 yillarda hozirgi Oʻzmuning filologiya fakultetida tahsil olgan. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1995 yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori boʻlgan. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri boʻlib ishladi.

Ibrohim Gʻafurov “Goʻzallikning olmos qirralari”, “Unutilmagan bogʻ”, “Joziba”, “Yonar soʻz”, “Yam-yashil daraxt”, “Yurak – alanga”, “Lirikaning yuragi”, “Sheʼriyat – izlanish demak”, “Oʻttiz yil izhori”, “Til erkinligi” singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirgʻochim” singari sheʼriy nasrlar yoxud mansuralari bilan ham xalqimiz orasida hurmat qozondi.

Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguyey), “Qiyomat”, “Chingizxoning oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yongʻin” (V.Rasputin) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ibrohim Gʻofurov filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbekiston yoshlari mukofoti laureati, “Doʻstlik” ordeni sohibidir. Xalqimizning sevimli adibi “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”, “Oʻzbekiston Qahramoni” singari davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgan.