Shoh va shoir, nasrda ham, nazmda ham samarali ijod qilgan buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy va ilmiy merosi jahon miqyosida yuksak eʼtirof etiladi. Millatimiz faxri boʻlmish ushbu buyuk siymoni yod etish, unga ehtirom koʻrsatish har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Bugun IIV Navoiy akademik liseyida buyuk mutafakir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirda lisey oʻquvchilari shoir ijodiga mansub asarlardan namunalar oʻqidilar. Taniqli adib Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.