Ichki ishlar vazirligi 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari gʻazal mulkining sultoni, Nizomiddin mir Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyiga tashrif buyurishdi. Oʻquvchilarni yuksak vatanparvarlik ruhida, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish maqsadida tashkil etilgan tadbir taassurotlarga boy oʻtdi.
– Muzeyga tashrif chogʻida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutganligi borasidagi maʼlumotlar bilan yana bir bor tanishishga muvaffaq boʻldik, – deydi 108-guruh oʻquvchisi Kamol Kamal. – Bundan tashqari, Adiblar xiyoboniga ham tashrif tashrif buyurib, u yerdagi Alisher Navoiy bobomiz haykali xotirasiga ehtirom koʻrsatdik.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
