Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida internet tarmogʻida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Cyber week Jizzax” targʻibot haftaligi boʻlib oʻtdi va ushbu tadbir doirasida koʻlamli tashviqot ishlari amalga oshirilib, 7 yoʻnalishda koʻrik-tanlovlar uyushtirildi. Haftalik yakuni va gʻoliblarni taqdirlash marosimi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. 

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, “Eng faol mahalla profilaktika inspektori” koʻrik-tanlovida Gʻallaorol tumanining Gulchambar mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori, leytenant Shahzod Xudoyberdiev 1-, Jizzax shahrining Oqqoʻrgʻonlik mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori, kapitan Javlon Ismoilov 2-, Zomin tumanining Chilonzor mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori, leytenant Mirzabek Tilabov 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Xuddi shunday, viloyat IIB axborot xizmati xodimi, katta leytenant Baxtiyor Togʻaev tashkilotchiligi uchun tashakkurnoma va noutbuk bilan taqdirlandi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.