Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim – yangi Oʻzbekistonda ustuvor yoʻnalish” mavzusiga bagʻishlangan maʼrifat darsi oʻtkazildi. Mavzu yuzasidan viloyat IIB MM va KBTX masʼullari, malakali professor-oʻqituvchilar maʼruza qilishib, xodimlarga batafsil maʼlumotlar berishdi.

        Bunda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar borasida soʻz bordi. Yurtimiz taraqqiyotini yangi pogʻonaga olib chiqishda boshqaruv, qonunchilik, jamiyatimiz ham birdek oʻzgarishi hamda “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan gʻoyani Konstitutsiyamiz, qonunlarimiz va kundalik hayotimizga singdirish kerakligi alohida taʼkidlandi.

F.USMONOV,

kapitan.

Buxoro viloyati.