Yangi yildan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi «Dor ul-kutub» ziyo maskani qayta oʻz faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar har qanday sohani kitobsiz tasavvur qilish qiyinligini taʼkidlashdi. Bugungi telekommunikasiya asrida, texnologiyalar jadal rivojlangan, elektron axborot almashinuvi choʻqqiga chiqqan bir paytda ham yozma adabiyot namunalari oʻz nufuzini yoʻqotgani yoʻq.  

Kitoblar uyi nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari, balki keng ommaga moʻljallangan boʻlib, «Dor ul-kutub» yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼekti tomonidan 2 mingga yaqin badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan boyitildi. Kitobxon bu ilm maskanida oʻtirib mutolaa qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.