Qashqadaryo viloyati IIBning turli sohaviy xizmatlarida uzoq yillar xizmat qilib, yurt tinchligi, el osoyishtaligini taʼminlashga, qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni fosh etishga munosib hissa qoʻshgan fidoyi xodimlar eʼzoz va ehtirom ila faxriylikka kuzatildi.

Tizimning jamoat xavfsizligi xizmatida chorak asrdan ortiq xizmat qilgan podpolkovniklar Jasur Toshev, Maqsud Samadov, Abdurazzoq Gʻoziyev, katta serjantlar Abdurahmon Bozorov va Nodir Xoʻjanovlar ana shunday eʼtiborga sazovor boʻlishdi. Tadbirda soʻz olgan faxriylarning hamkasblari ularning xizmatini eʼtirof etishdi.

Anʼanaga koʻra, tadbirda nafaqaga kuzatilgan soha fidoyilarning yelkasiga toʻn yopilib, doʻppi kiygizildi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.