IIV Buxoro akademik litseyida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning tavalludiga bagʻishlangan “El desa Navoiyni” tadbiri oʻtkazildi. Madaniy-maʼrifiy kechada oʻquvchilar Alisher Navoiy gʻazallari, ruboiylari va gʻazallari bilan kuylangan qoʻshiqlarni aytishdi, shoir asarlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy siymosini gavdalantirgan Tavakkal Qodirov va Guli siymosidagi Sevinch Ubaydovalarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan juda qizgʻin kutib olindi. Tadbir soʻngida faol ishtirok etib, tomoshbinlarlar olqishiga sazovor boʻlgan ishtirokchilar akademik litseyning estalik sovgʻalari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Shaxnoza SHARIPOVA,
IIV Buxoro akademik litsey oʻqituvchisi.
