“...Soʻnggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi boʻlib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.”
Termiz tumanidagi IIVga qarashli 7257-sonli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtashga kirishgan bir guruh yosh askarlar ona Vatanga sodiq xizmat qilishga tantanali ravishda qasamyod qilishdi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan marosimda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston milliy armiyasi har tomonlama bugungi talablariga mos shakllangani, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, harbiylarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyati sarhadlar daxlsizligini taʼminlashga qodir ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.