Barcha harbiy qismlarda boʻlgani kabi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-sonli harbiy qismda Vatanga qasamyod tadbiri boʻlib oʻtdi.

Har bir askar oʻz Vatanini himoya qilar ekan, birinchi navbatda ota-onasi, kindik qoni toʻkilgan tuprogʻini koʻz oldiga keltiradi. Aslida Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish har bir yigit hayotidagi jiddiy sinov maktabidir. Bu yerda u har tomonlama chiniqadi, oʻz kuchiga ishonch hosil qiladi. Vatan, oila qadrini anglab yetadi. Mardlik, jasurlik kabi fazilatlar aynan mana shu sharoitda kamol topadi.

Askarlar qasamyod qilar ekan, bu hissiyatlarni yana bir bor shuuridan oʻtkazishdi, iroda va shijoati yanada mustahkamlandi. Ona Vatanini himoya qilishga, uning daxlsizligini taʼminlashga, xalqi va Prezidentiga sodiq boʻlishga tantanali ravishda qasamyod qilishdi.

Farhod Erkinov,

mayor.