Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo ishchi guruhi aʼzolari Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazning majlislar zalida Ichki ishlar, Adliya, Sogʻliqni saqlash, Oila va xotin qizlar boshqarmalari, shuningdek, diniy idora vakillari hamda sogʻliqni saqlash boshqarmalari tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining tugʻruq kompleksi mutaxassis shifokorlari ishtirokida erta turmush, erta tugʻruq, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, xotin-qizlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda asosan oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarning mustahkamligini taʼminlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga oid hamkorlikdagi vazifalarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilishi holatlari ham birma-bir tahlil qilinib, aniq misollar orqali keng muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish va takroriy sodir etilmasligini taʼminlashga doir amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
