Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalarini qoʻllab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibrat sohibalarini aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadidagi “Yil ayoli – 2021” milliy tanlovida faol qatnashganlar taqdirlandi. Gʻoliblar orasida Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Dilfuza Sharopova munosib eʼtirof etildi. Ikkinchi oʻrin sohibasi Oliy Majlis Senati tomonidan diplom va 10 million soʻmlik vaucher bilan taqdirlandi.
Yuksak eʼtirof etilgan hamkasbimizni viloyat IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy qutlab kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!
Sh. JALOLOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
