Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan «Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli» shiori ostida faol ayollar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova, Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli fondi direktori U.Ismoilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari M.Ahmedovalar ishtirok etib, bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning oʻrni, yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida aytib oʻtishdi.
Tadbirda jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir qator xotin-qizlar ragʻbatlantirildi. Shular qatorida hududda xotin-qizlar orasida bironta jinoyat sodir etilmasligiga erishgan Nukus tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik R.Sarmanova ham taqdirlandi.
Azamat PIRNIYAZOV,
«На посту» muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
