Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi qabul qilinganligining bir yilligi munosabati bilan vazirlik tomonidan oʻtkazilgan onlayn konferensiyada Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tuman IIB shaxsiy tarkiblari faol qatnashdilar.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasidagi markaziy studiyada maʼnaviyat-maʼrifat markazi, yozuvchilar uyushmasi, yoshlar ishlari agentligi va boshqa tegishli hamkor tashkilot vakillari ham bevosita ishtirok etib, soha xodimlariga hamfikr boʻldilar.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmati boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikromov hamda soʻzga chiqqan boshqa mehmonlarning maʼnaviyatga, kitobxonlikka doir fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi hamda qayd etib borildi.

Anjumanda bildirilgan fikrlardan xulosa qilinib, 2-aprel kunidan 2-maygacha ichki ishlar organlari tizimida oʻtkaziladigan “Maʼnaviyat oyligi”ni faol tarzda, yuksak koʻtarinkilikdan tashkil qilish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.

Anjuman yakunlanganidan soʻng maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan tashkilot rahbarlariga boshqarma rahbariyatining tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalari taqdim qilindi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.