Tangri insonni loydan yaratdi va uning qoʻlida foydalanilmagan bir boʻlak qolib ketdi.
– Bundan yana nima yasasam ekan? – oʻyladi u.
– Shu boʻlakdan menga baxt yasab ber, – iltimos qildi inson.
Xudo javob qaytarmadi, shunchaki loy boʻlagini odamning qoʻliga tutqazdi.
* * *
Kunlardan birida ota oʻgʻlining pichirlab aytgan nolasini eshitib qolibdi: «Xudojon, ulgʻayganimda xuddi dadam kabi boʻlishimga yordam ber!».
Xuddi shu kuni erkak ham iltijo qilibdi: «Ey, xudo, farzandim meni qanday koʻrishni istayotgan boʻlsa, xuddi shunday insonga aylantir».
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
