9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati ichki ishlar organlari faxriylari holidan xabar olishdek ezgu va savobga yoʻgʻrilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Olimjon Abdullaev boshchiligida Chiroqchi tumani IIB xodimlari isteʼfodagi mayor Zokir Bibarsov xonadonida boʻlishdi.
Xodimlar faxriyning hayoti va xizmat faoliyati haqidagi mazmunli suhbatidan bahramand boʻlishdi. Koʻrsatilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun faxriy muhtaram Yurtboshimizga, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga samimiy minnatdorligini izhor etdi.
Mehr-saxovat tadbirlari vohaning barcha shahar-tumanlarida davom etmoqda.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
