Sirdaryo viloyati Sardoba tumani IIBda IIV Faxriylar kengashining bir guruh faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tumani IIB xodimlari hamda hozirda isteʼfodagi boʻlgan faxriylar bilan bilan muloqotda IIV Faxriylar kengashi aʼzosi, isteʼfodagi polkovniklar Oʻ.Ahmedov, M.Mirfayziyev ishtirok etdi.
Tadbirda ustoz faxriylar koʻp yillik xizmati davomida erishgan yutuqlari, boy tajribasi, “ustoz-shogird” anʼanalari haqida soʻzlab berishdi. Keksalarni qadrlash orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy anʼana va qadriyatlarimiz ruhida kamol toptirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani eʼtirof etildi.
Taʼkidlash joizki, tuman IIB xodimlari faxriylarning yashash xonadonida boʻlib, ular holidan xabar olishmoqda.
A.USMANOV,
Sardoba tumani IIB KBTG katta inspektori, kapitan.
