“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan bir guruh faxriylarning qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi. Ular dastlab Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Shuningdek, “Shohi Zinda”, “Goʻri Amir” maqbaralari, “Registon” maydonida boʻlib, moziydan hikoya qiluvchi obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shaharning diqqatga sazovar joylari ham faxriylarda katta taassurot qoldirdi.

J.SHUKURLAYEV, 

kapitan.

Buxoro viloyati.