Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda turli 8 ta jamoa oʻzaro bahs olib bordi.
Murosasiz bahslarning yakuniy natijasiga koʻra, “Femida” jamoasi intellektual oʻyin gʻolibi deb topildi. “Toʻmaris” jamoasi ikkinchi, “Matonat” jamoasi esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
