Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi harbiy qismda bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida harbiy qism komandiri, podpolkovnik U.Mamajonov barcha shaxsiy tarkibni bayram bilan tabriklab, havo darvozalarini muhofaza qilishdak sharafli ishlarida omad va zafarlar tiladi.

Shundan soʻng namunali xizmati bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, turli sport musobaqalari hamda tanlovlarda yuqori natija koʻrsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga tashakkurnoma va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shu kuni qism shaxsiy tarkibi hamda soha faxriylari uchun Fargʻona shahar madaniyat markazi xodimlari va taniqli sanʼatkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.