IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy shahrida joylashgan 7532-harbiy qismda "Maʼnaviyat oyligi" doirasida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Unda qoʻmondon oʻrinbosari, Qorovul qoʻshinlarida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar, shuningdek muddatli harbiy xizmatchilar, maktab va akademik lisey oʻquvchilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda faxriylar oʻzlarining boy hayotiy tajribalari, xizmat davridagi qiziqarli, esda qolarli voqealardan hikoya qilib, oʻquvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Tadbir davomida uchrashuv ishtirokchilari 7532-harbiy qismda tashkil etilgan muzeyda boʻlib, harbiy qism tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.