IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Buxoro shahridagi 7258-harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchilari maʼnaviyat marshruti doirasida Fayzulla Xoʻjayev uy muzeyi hamda Buxoro shahridagi “Ark” tarixiy majmuasiga sayohat qilishdi. Harbiy xizmatchilar Fayzulla Xoʻjayevning hayoti, uning bosib oʻtgan yoʻli haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar ajdodlarimiz tomonidan barpo etilgan “Ark” tarixiy majmuasidagi tarixdan soʻzlovchi inshootlarni, tarixiy buyumlar hamda yozma bitiklarni tomosha qilishdi. Aldodlar qoldirgan merosdan bahramand boʻlishdi.

R.SAIDOV,

mayor.

Buxoro viloyati.