“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida uyushqoqlik bilan oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda kitob yarmarkasi tashkil etildi. 

Osoyishtaligimiz posbonlarini turli nomdagi adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu yarmarkada ishtirok etgan ona Vatanimiz himoyachilari ham oʻzlarini qiziqtirgan badiiy, tarixiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishdagi asarlarni xarid qilib, ularning bir qismini harbiy qism kutubxonasi uchun hadya etishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.