Navoiy viloyati IIB boshqarmasida boʻlib oʻtgan navbatdagi maʼnaviyat-maʼrifat soati anʼanaviy odatlar bilan mujassamlashdi. Boisi belgilangan mavzudagi maʼrifat darsi doirasida koʻp yillar fidokorona xizmati bilan obroʻ-eʼtibor, koʻplab shogirdlar orttirgan 5 nafar xodimlar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi. Soʻng shijoatli, masʼuliyatli xodimlarning 4 nafari navbatdagi unvonini qabul qilishdi. Bu galdagi maʼnaviyat-maʼrifat soati hayajonli daqiqalarga boy boʻldi, desak mubolagʻa emas. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.