Maʼlumki, joriy yilning 1-avgustidan 1-sentyabriga qadar ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Departament boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik G. Kurambaev tadbirni ochar ekan: "Ichki ishlar organlari xodimlarini ona Vatanga, xalqiga va istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor, maʼnaviyatli va maʼrifatli qilib tarbiyalashda aynan bu kabi ijodiy uchrashuvlarning oʻrni beqiyosdir", – dedi.
Uchrashuvda falsafa fanlari doktori, professor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti Jamila Shermuhamedova oʻzining maʼruzasi bilan ishtirok etdi. U qiziqarli fikr-mulohazalari va boy hayotiy tajribasini xodimlar bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy ruhda oʻtgan oʻzaro muloqotdan tadbir qatnashchilari bir olam taassurot olishdi.
Zoyir YOʻLDOSHEV,
IIV huzuridagi JIED Axborot
xizmati boshligʻi, leytenant.
