Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga, shuningdek davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlangan ushbu kechada soʻz olgan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Isajon Sultonov bu ikki ulugʻ zotning xalqimiz maʼnaviy hayotiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida gapirdi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Muhammadali Abduqunduzov esa ularning qalamiga mansub gʻazal va ruboiylardan namunalar oʻqib, monolog ijro etdi.

Tadbir yakunida esa IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli tomonidan Navoiy va Bobur gʻazallari asosida tayyorlangan kontsert dasturi barchaning qalbidan joy oldi.

Oʻz muxbirimiz.