IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilayotgan “Matematika fan oyligi” doirasida Oʻzbekiston ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan taniqli matematik olim, mohir pedagog, matematika darsliklari muallifi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amalaiy markazi yetakchi mutaxassisi, Turon fanlar akademiyasi akademigi Mirfozil Mirzaahmedov bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Akademik maktab-internatning aniq fanlar kafedrasi ustozlari va iqtidorli oʻquvchilari bilan ochiq muloqot qildi. Suhbat jarayonida matematika fanining ichki ishlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilindi. Va uchrashuv yakunida qator ilmiy-amaliy hamkorlik masalalari kelishib olindi.

 Mazkur uchrashuv yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, mantiqiy tafakkur va vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashi bilan bir qaorda matematika fanining ichki ishlar tizimidagi strategik ahamiyatini kengaytirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida yangi bosqichga koʻtarilishida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.

 

 

Sumbuloy SAIDOVA.