Yaqinda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligi shtab boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik R. Aliqulov hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sh. Barotov Navoiy shahridagi 7259-harbiy qismda boʻlib, shaxsiy tarkib tomonidan harbiy intizom talablariga qay darajada amal qilinayotganini tekshirishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarga bugungi kunda internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga berilmaslik kerakligi uqtirildi. Bunday oʻyinlar turli noxush vaziyatlarga olib kelishi mumkinligi hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.
Shundan soʻng shaxsiy tarkib bilan davra suhbati oʻtkazildi. Mutasaddi ofiserlarga harbiy qismda sogʻlom axloqiy va ruhiy muhitni qaror toptirish, barcha boʻgʻindagi rahbarlarning oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.