Toʻy va taʼziyagʻa sarf qilinaturgʻon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va din yoʻligʻa sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va oʻzimiz-da, dinimiz-da obroʻy va rivoj topar. Yoʻq, hozirgi holimizgʻa davom etsak, din va dunyogʻa zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz boʻlmaydur.

* * *

Sizlargʻa vasiyat qilaman.

Maorif yoʻlida ishlaydurgʻon muallimlarning boshini silangizlar!

Oʻrtadan nifoqni koʻtaringiz!

Turkiston bolalarini ilmsiz qoʻymangizlar!

Mahmudxoʻja BEHBUDIY