Bir mashhur yurak jarrohi avtomobilini koʻrsatish uchun ustaxonaga olib keldi. Usta avtomobil motorini ochib taʼmirlashni boshladi, yaroqsiz boʻlib qolgan ayrim ehtiyot qismlarini olib, yangisini oʻrnatdi.

Bir muddat oʻtib usta jarrohga qarab dedi:

– Mumkin boʻlsa sizga bitta savol bersam, maylimi?

– Mayli, soʻrang, – dedi jarroh biroz hayron boʻlib.

– Mana, siz jarrohsiz, yuraklar ustida amaliyot olib borasiz. Men ham avtomobillarning “yuragi”ni ochaman, xuddi siz kabi kasalini topib “davolayman”. Kasbimizning mohiyati bir-biriga juda yaqin. Lekin bir jihatga hayronmanda. Nima uchun oladigan ish haqimiz keskin farq qiladi? Siz operatsiyangiz uchun juda koʻp pul olasiz, sizga nisbatan bizga esa juda kam pul toʻlanadi. Nega unday, a? – dedi usta.

Jarroh mexanikning oldiga juda yaqin kelib, uning qulogʻiga past ovozda dedi:

– Agar qoʻlingizdan kelsa, avtomobilni oʻchirmasdan motorini taʼmirlab koʻring-chi!