Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi tashabbusi bilan Oʻquv-dala markazida arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Malaka oshirish instituti tinglovchilari uchun tashkil etilgan yarmarka keng turdagi adabiyotlarni oʻz ichiga oldi. Xususan, huquqiy, psixologik, mafkuraviy-tarbiyaviy, jinoyat profilaktikasiga oid ilmiy-amaliy qoʻllanmalar, shuningdek badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar soha xodimlarining bilim va dunyoqarashini kengaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mafkuraviy barqarorlik hamda maʼnaviy-maʼrifiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zero, kitob – bebaho xazinadir.