Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan doʻstlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.

Xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida, 7255-harbiy qism hamda Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv yigʻiniga jalb qilingan xodimlar uchun kitoblar yarmarkasi oʻtkazildi.

Kitoblar yarmarkasida xodimlar oʻzlari uchun oʻzbek, va jahon adabiyotining nodir asarlari hamda turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi.

B. Kleyman.