Xiva shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida IIV Birlashgan tahririyati tomonidan nashrga tayyorlangan “Nurli maskan orzulari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari, maktab-internat oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda soʻzga chiqqanlar ham kitob mutolaasi hamda uning inson kamolotidagi muhim oʻrni haqida batafsil toʻxtalib oʻtishdi.
Shuningdek taqdimotda ushbu maktab-internati oʻquvchilarining “Nurli maskan orzulari”da chop etilgan ijod namunalaridan oʻqib eshittirildi.
Tadbir soʻngida eng iqtidorli oʻquvchilar va muassasa kutubxonasiga ushbu kitob toʻplami tantanali ravishda topshirildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
