Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda IIV harbiy xizmatchilari uchun oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari sotuvga qoʻyildi. Harbiy xizmatchilar oʻzi va oilasi uchun eng sara kitoblardan xarid qilish imkoniga ega boʻlishdi.
Feruza OTAXONOVA,
«Postda» muxbiri.
Namangan viloyati.
