IIV Malaka oshirish institutida yoshlar bilan ishlashning yangicha usuli, yaʼni, ularning muammolarini hal etish, taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish tizimli olib borilmoqda. 

Jumladan, mazkur institut oʻquv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarga ichki ishlar organlari xodimlari mutolaa qilishi uchun tavsiya etilgan 39 turdagi badiiy va yuridik kitoblar hamda oʻzbek adabiyoti atoqli namoyondalarining asarlaridan iborat kitob yarmarkasi tashkil etildi.

    Unda ishtirok etgan osoyishtaligimiz posbonlari oʻzlari sevgan adiblarning qalamiga mansub kitoblarni xarid qilishdi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.